08:27 / 11.07.2021
2014
Toshkentda yuk mashinasi ko‘prik ostidagi betonga urildi

Yakkasaroy tumanida yuk mashinasi ko‘prik ostidagi betonga borib urildi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 9 iyul kuni soat 11:40larda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KXAY-Bobur ko‘chalari kesishmasi ko‘prik ostida haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan N.D. “HOVO” rusumli yuk avtomashinasida 3.13 “Cheklangan balandlik” yo‘l belgisiga amal qilmay harakatlanib, ko‘prik ostidagi betonga urilib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.


  
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan mamuriy ish xujjatlari rasmiylashtirilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Top