21:48 / 12.07.2021
41168

Afg‘onistonda “Tolibon” razvedkasi boshlig‘i yo‘q qilindi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “Tolibon” razvedkasi boshlig‘i Qori Shagasiyni bartaraf etishdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida ma'lum qilindi

Shagasiyni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot Lohar viloyatining Muhammad Aga tumanida 12 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Amaliyot davomida Shagasiyning 2 yordamchisi qo‘lga olingan.

Hozirda Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida janglar bormoqda. Vaziyat AQSh qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilayotgani ortida keskinlashgan. Harakat Afg‘onistonning qishloq tumanlaridagi katta hududlarni egallab, hozirda yirik shaharlarga hujumga o‘tmoqda.

Iyul boshida toliblar Afg‘onistonning 5ta davlat – Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy va Pokiston bilan chegarasidagi hududlarni o‘z nazorati ostiga oldi. Afg‘oniston qurolli kuchlarining yangi qo‘mondoni general Vali Muhammad Ahmadzoy armiya uchun hozirgi vaqtdagi ustuvor vazifa yirik shaharlar, chegara o‘tish joylari va asosiy yo‘llarni toliblardan himoyalash hisoblanishini aytgan. “Tolibon” rahbarlarining ta'kidlashicha, toliblar dastlab shaharlar va tumanlarga tovarlar yetkaziluvchi asosiy yo‘llarni to‘sib, so‘ngra ularga hujum qilmoqchi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top