16:30 / 12.07.2021
6639
Hindiston shimolida yashin urishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Amber qo‘rg‘onidagi tomosha minorasiga yashin urilishi oqibatida bu yerda selfi qilayotgan 11 nafar turist bir vaqtning o‘zida halok bo‘lgan. 

Foto: Global Look Press

Hindiston shimolida yashin urishi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.

Xabarga ko‘ra, dam olish kunlari mintaqaga musson yomg‘irlari yopirilgan. Uttar-Pradesh shtatida 41 kishi yashin qurboniga aylangan. Hodisalar asosan qishloq joylarida yuz bergan, qurbonlar esa ayollar va bolalar bo‘lgan.

Rajastonda esa Amber qo‘rg‘onidagi tomosha minorasiga yashin urilishi oqibatida bu yerda selfi qilayotgan 11 nafar turist bir vaqtning o‘zida halok bo‘lgan. 

Yana to‘qqiz kishi shtatning turli joylarida yashin urishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Bosh vazir Narendra Modi halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam berilishini ma'lum qilgan.

Top