15:37 / 12.07.2021
3722
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Dilshod Nematovich Sattarov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori etib tayinlandi.

Dilshod Sattorov muqaddam Moliya vazirligining G‘aznachilik boshlig‘i - moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil avgustida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga («O‘zstandart») bosh direktor etib tayinlangandi.

2021 yilning iyunida «O‘zstandart» agentligi tugatilib, uning funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi yangi agentlik (Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) nazoratiga o‘tishi ma'lum bo‘lgandi.

Top