09:00 / 12.07.2021
6224

Korporativ kartalar va terminallar monitoringi: Didox imkoniyatlarini kengaytirdi

Endi Didox foydalanuvchilari terminal va korporativ kartalar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri didox.uz veb-sayti yoki “1S” dasturida kuzatishlari mumkin.

Hozirgi kunda, Korxonada korporativ bank kartalari mavjud bo‘lsa, buxgalterlardan ushbu kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olingan chek va kvitansiyalarni saqlash talab qilinadi. Aksariyat hollarda ushbu hujjatlar buxgalteriya bo‘limiga o‘z vaqtida yetib bormaydi yoki sifatsiz holda keladi, shu sababli ulardan foydalanish murakkablashadi. Bu buxgalteriya bo‘limi uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki birlamchi hujjatlarni saqlash to‘g‘risidagi qonun talablari buzilishi va soliq bazasini noto‘g‘ri aniqlash xavfi mavjud.

Korxonada terminal mavjud bo‘lgan hollarda ushbu terminaldan to‘langan mablag‘ni buxgalteriya bo‘limida aks ettirish ham buxgalter uchun muammoli hisoblanadi.

Ushbu qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun Didox Universal Platforms (Uzcard ekosistemasi) bilan birgalikda monitoring xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endi POS terminallar va korporativ bank kartalari (KBK) bo‘yicha tranzaksiyalar ro‘yxatini to‘g‘ridan to‘g‘ri didox.uz veb-saytida yoki 1C buxgalteriya tizimlarida kuzatish imkoniyati bor.

Yuridik shaxslar dastlabki o‘ttiz kun ushbu xizmatdan bepul foydalanishlari mumkin.

Qo‘llanma

Funksiyadan foydalanishni boshlash uchun uni yangi “Monitoring” bo‘limida faollashtirishingiz kerak:

Monitoringni faollashtirishning zaruriy sharti - Universal Platforms sahifasidagi ommaviy taklifni imzolash.

Shundan so‘ng foydalanuvchining POS terminallarini kuzatish uchun sahifasi faol statusga o‘tadi. Tranzaksiyalarni ko‘rish uchun:

  1. Kerakli terminalni tanlang;
  2. Ushbu terminalda operatsiyalarni ko‘rish uchun vaqt oralig‘ini ko‘rsating;
  3. To‘lov amalga oshirilgan kartaning turini aniqlash uchun filtrni o‘rnating.

POS-terminal operatsiyalari ro‘yxatida, KBK orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun darhol hisob-fakturani yaratishingiz mumkin.

Sahifadagi korporativ bank kartalari bo‘yicha tranzaksiyalar ro‘yxatini kuzatib borish uchun sizga quyidagilar kerak:

  1. Kartani yoki bir nechta kartani tanlang;
  2. Ro‘yxatini ko‘rish uchun muddatni belgilang;
  3. Tranzaksiya kvitansiyasini pdf formatida chop eting va / yoki saqlang.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top