10:24 / 13.07.2021
3663

Jaloliddin Manguberdi haqida yangi asar nashrdan chiqdi

Ma'naviyat va ma'rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Bekzod Abdirimov pokistonlik olim, doktor Vasim Sajjad bilan hamkorlikda «Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda» nomli kitobni nashrga tayyorladi.

O‘zbek, ingliz va urdu tillarida chop qilingan ushbu asarda Jaloliddin Manguberdining 1221-1224 yillardagi siyosiy-harbiy faoliyati bilan bir qatorda Pokistonda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida hikoya  qilinadi. 

Kitobda buyuk sarkardaning zafarli yurishlari, so‘nmas jasorati haqida tarixchilar uchun yangilik bo‘lgan qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Shu yilning oktabr oyida O‘zbekistonda «Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, asar ushbu yirik anjuman oldidan   munosib tuhfa bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top