19:23 / 13.07.2021
307
Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopilmoqda

Qurilish ta'mirlash ishlari bois Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati xokimligi axborot xizmati xabar bermoqda

Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent tumaniga kirish qismidan “Hasanboy ota” jome masjidigacha bo‘lgan qismi 2021 yil 14 iyul kuni soat 9:00 dan ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati uchun vaqtincha to‘liq yopiladi.

“Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalari vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda sobiq M. Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.

Top