14:53 / 13.07.2021
11384

Qirg‘izistonda sel kelishi oqibatida olti kishi qurbon bo‘ldi

Ma'lumotlarga ko‘ra, sel sakkiz kishini oqizib ketgan.

Qirg‘iziston janubida sel kelishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Ma'lumotlarga ko‘ra, sel sakkiz kishini oqizib ketgan.

Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida Jalol-Obod oblastidagi Tashtak va Jolborstu qishloqlarida yashovchi olti kishi qurbon bo‘lgan.

«Sel oqizib ketgan yana ikki nafar bola qidirilmoqda», — deyiladi FVV xabarida.

Qidiruv ishlariga FVVning 20 nafar xodimi, olti nafar qutqaruvchi, militsiya xodimlari va 40 nafar mahalliy aholi jalb etilgan.

Mavzuga oid
Top