23:41 / 13.07.2021
10378

Tokioda Olimpiya qishlog‘i ochildi

13 iyulda, Olimpiada boshlanishiga 10 kun qolganda Tokioda Olimpiya qishlog‘i ochildi. Obekt o‘z ichiga 21ta binoni olgan. Bu yerda sportchilar yashashi uchun 3600dan ko‘proq xona mavjud.

E'tiborlisi, sportchilar uchun mo‘ljallangan karavotlar kartondan, matraslar esa plastikdan tayyorlangan. Ularni keyinchalik qayta ishlash mumkin bo‘ladi. Bunday “karton” karavotlar 200 kggacha yuk ko‘tara oladi.

O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi ishlab chiqqan yangi protokollarga ko‘ra, sportchilar Olimpiya qishlog‘iga ular qatnashadigan musobaqalar boshlanishidan 5 kun oldin kelib, uni o‘z ishtiroklarini yakunlagandan keyin 2 kun ichida tark etishlari kerak bo‘ladi.

Obekt hududida koronavirus tarqalishi oldini olish uchun alohida tibbiy blok faoliyat yuritadi. Bu yerda sportchilar har kun koronavirusga test topshiradilar. Ular niqob taqib yurishlari va barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozim bo‘ladi.

O‘yinlar 23 iyulda boshlanib, 8 avgustgacha davom etadi.

Mavzu
Tokio Olimpiadasi
Pandemiya tufayli qoldirilgan 2020 yilgi Yozgi Olimpiada 2021 yil 23 iyulida Yaponiyaning Tokio shahrida rasman boshlanadi.
Barchasi
Top