11:55 / 14.07.2021
577
Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni aytib fuqarodan 2,45 million so‘m olgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, fuqarodan  2,45 million so‘m olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘ijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan D.M. ushlangan. U, tanishlari orqali imtihondan o‘tkazib qo‘yib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga fuqaro Z.T. dan 2 million 450 ming so‘m talab qilib, kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan D.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top