16:47 / 14.07.2021
6959
Oliy sud 2021 yilda hokimlarning eng ko‘p qarorlari bekor qilingan hududlarni ma'lum qildi

2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida hokimlarning eng ko‘p haqiqiy emas deb topilgan qarorlari - Toshkent viloyati (186), Xorazm viloyati (167) hamda Andijon viloyatlari (112) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda 13 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy sud vakillari ishtirokida matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida ma'muriy sudlar tomonidan jami 7 973ta ommaviy nizolarga oid ishlar ko‘rilib, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshgan. Ko‘rilgan ishlarning 52 foizga yaqini, ya'ni 4 117ta ish qanoatlantirilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Shuningdek, yilning birinchi yarmida kelib tushgan eng ko‘p shikoyat arizalarning 48 foizi – mahalliy davlat hokimiyat ishidan, 33 foizi – budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi faoliyatidan, 8,5 foizi – Davlat soliq qo‘mitasi idoralari qarorlaridan norozi bo‘lib qilingan murojaatlardir.

Sudlar tomonidan pensiya jamg‘armasiga nisbatan keltirilgan arizalarning 87 foizi yoki 2 202tasi, soliq idoralariga nisbatan keltirilgan arizalarning 36 foizi yoki 247tasi, mahalliy hokimiyatlarga nisbatan keltirilgan shikoyat arizalarning 35 foizi yoki 1 278tasi qanoatlantirildi.

Top