16:27 / 15.07.2021
11699

Britaniyalik 18 yoshli yigit Yer sharini samolyotda bir o‘zi aylanib chiqib rekord o‘rnatdi

Ladlou 40 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi va bir o‘zi dunyoni aylanib chiqqan eng yosh inson bo‘ldi.

Britaniyalik Trevis Ladlou yengil motorli samolyotda Yer sharini 44 kunda aylanib chiqib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Qayd etilishicha, 18 yoshli Ladlou 40 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi va bir o‘zi dunyoni aylanib chiqqan eng yosh inson bo‘ldi.

Avvalgi rekord sohibi Trevisdan 13 kunlikka katta edi.

Ladlou sayohati davomida dunyoning to‘qqiz mamlakatida 60 martaga yaqin to‘xtagan.

Yosh bo‘lishiga qaramasdan, u parvoz qilish borasida katta tajribaga ega: Ladlou ilk bor 12 yoshida samolyot boshqargan. 

Top