18:31 / 15.07.2021
25174
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon o‘rtasida muzokaralar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon 15 iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a'zolari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu
Toshkent konferensiyasi
15-16 iyul kunlari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Barchasi
Top