00:01 / 16.07.2021
19943
Afg‘oniston viloyatlaridan biri toliblar bilan yarashuvga erishdi

Afg‘oniston shimolidagi Badgis viloyati ma'muriyati “Tolibon” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Yarashuv keyingi hafta nishonlanuvchi Qurbon hayiti oxirigacha davom etadi.

Viloyat gubernatorining ta'kidlashicha, kelishuvga viloyatdagi qabilalar yetakchilari vositachiligida erishilgan. Toliblar, shuningdek, viloyat ma'muriy markazi Qal'ayi-Nav chekkalaridan ketishgan.

Hozircha toliblar tomonidan ushbu ma'lumotga izoh berilmagan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top