23:40 / 16.07.2021
16241
Amsterdamda 3D-printerda tayyorlangan ko‘prik foydalanishga topshirildi

Ko‘prikka piyodalar o‘tishi vaqtidagi o‘zgarishlarni qayd etuvchi sensorlar o‘rnatilgan. Olingan ma'lumotlar ekspertlarga ko‘prikning qadam tashlanganida egilishi, undan kuniga necha kishi o‘tishini aniqlashga yordam beradi. 

Foto: amsterdam.nl

Amsterdamdagi Audezeyts Axterburgval kanaliga 3D-printerda tayyorlangan dunyodagi birinchi piyodalar ko‘prigi o‘rnatildi.

O‘n ikki metrli ko‘prik Niderlandiyaning MX3D kompaniyasi tomonidan tayyorlandi, uni London Imperiya kolleji tadqiqotchilari sinovdan o‘tkazadi.

Ko‘prikka piyodalar o‘tishi vaqtidagi o‘zgarishlarni qayd etuvchi sensorlar o‘rnatilgan. Olingan ma'lumotlar ekspertlarga ko‘prikning qadam tashlanganida egilishi, undan kuniga necha kishi o‘tishini aniqlashga yordam beradi. 

Ko‘prikni tayyorlash 2017 yil martda boshlangandi va yarim yil davomida tayyor bo‘ldi. 

U 2018 yil oktyabrda Dutch Design Week ko‘rgazmasida namoyish etildi. Yangi ko‘prik kanalning ikki qirg‘og‘ini atigi ikki yil bog‘lab turadi. Undan eski ko‘prikni ta'mirlash yakunlanguniga qadar foydalaniladi.

Agarda printerda chop etilgan ko‘prik o‘zini oqlasa, ushbu texnologiyadan boshqa loyihalarda ham foydalaniladi.

Top