18:36 / 17.07.2021
9597

Eronda suv tanqisligi sababli tartibsizliklar kelib chiqdi

Tartibsizliklar uyushtirgan mahalliy aholi havoga o‘q uzgan, ammo o‘qlardan biri sahnada turgan erkakka tegishi oqibatida u halok bo‘lgan.

Eronning Huziston viloyatida suv yetishmovchiligi natijasida tartibsizliklar yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xabarda aytilishicha, suv tanqisligiga qurg‘oqchilik va Qorun daryosi suvining kamayib ketishi sabab bo‘lgan.

Tartibsizliklar uyushtirgan mahalliy aholi havoga o‘q uzgan, ammo o‘qlardan biri sahnada turgan erkakka tegishi oqibatida u halok bo‘lgan.

Norozilik bildirib namoyishga chiqqanlar yo‘llarni to‘sish uchun shinalarni yoqqan, xavfsizlik kuchlari esa namoyishchilarni tarqatishga uringan.

Top