21:10 / 17.07.2021
888
Surxondaryoda talabaning o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirib berishini aytib, pul olgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Qozog‘istondagi OTMlardan birida tahsil olayotgan talabaning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni aytib, pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. ushlangan. U Qozog‘istondagi OTMlardan birining 1-kursida o‘qiydigan talaba Sh.ning o‘qishini O‘zbekistondagi universitetlardan biriga ko‘chirib berish evaziga 15,6 million so‘m va 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top