12:52 / 17.07.2021
2657
«Urgut» EIZ rahbari Jamshid Haydarov viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamshid Temurovich Haydarov — Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

J.Haydarov 1975 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. 2002 yil Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 3 iyun kuni qabul qilgan 342-sonli qarorida «Urgut» EIZ rahbari viloyat hokimining o‘rinbosari bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Ma'lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni  «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan. Jamshid Haydarov «Urgut» EIZni u tashkil etilgandan buyon boshqarib kelmoqda.

Top