15:00 / 18.07.2021
6424

Hindistonda musson yomg‘irlar vaqtida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Hindistonning Mumbay shahrida musson yomg‘irlar keltirib chiqargan ko‘chkilar va toshqinlar sababli bir necha bino o‘pirilib tushdi. Buning oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi vayronalar ostida qolmoqda.

Shaharning Chembur tumanida kuchli ko‘chki yuz bergan. Boshqa hududlarda ham bir necha bino qulashi qayd qilingan. Shu bilan birga, Bxarat Nagar va Chemburda 15 kishi, Surya Nagarda 9 kishi vayronalar ostidan qutqarilgan. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, Mumbayga 17 iyul soat 20dan 18 iyul soat 2gacha 157 mm yomg‘ir tushgan. Yomg‘irlar shaharning pastqam tumanlarida kuchli toshqinlar keltirib chiqargan. Mumbayda yomg‘irlar yana 5 kun davom etishi kutilmoqda.

Top