16:07 / 18.07.2021
4531

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1 mln kishidan oshdi

O‘zbekistonda 17 iyul kuni 124 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangani haqida xabar berdi.
 
17 iyulda mamlakat hududlari bo‘ylab 124 179  doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llandi. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar 98 702 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 14 518 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 10 959 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 5 645 153 doza vaksinadan foydalanildi. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar 3 544 032 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 534 789 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 566 332  nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 007 993 nafarni tashkil qilmoqda.

17 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (23 802 doza),
  • Namangan viloyati (16 315 doza),
  • Samarqand viloyati (11 940  doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 730 720 doza, 
  • Namangan viloyatida 727 124 doza, 
  • Andijon viloyatida 629 418  dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq Ozarboyjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborgani va mamlakatda jami vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Avgust oyida «Sputnik V» vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust–sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida Xitoydan 4 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltiriladi.

Maxsus komissiyaning 17 iyul kungi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburan emlanishi belgilangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top