10:07 / 18.07.2021
20719
O‘zbekistonda yana 500dan ortiq kishida koronavirus, 400dan ortiq kishida pnevmoniya aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 507 nafar, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 436 nafarga yetgani, yana uch kishi kasallik qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119388 (+507) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 55 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 45 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 41 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 436 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Pnevmoniya va koronavirusdan shikastlanish holatlari birgalikda (+943) pandemiya boshidan buyon navbatdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 17 iyul kuni qayd etilgan - kunlik kasallanish holatlari soni 917taga oshgandi. 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44 nafar,
  • Andijon viloyatida 51 nafar,
  • Buxoro viloyatida 45 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 35 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 81 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 114303 (+478) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 796 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top