23:26 / 19.07.2021
6210

Bag‘doddagi teraktda 25 kishi halok bo‘ldi

19 iyulda Bag‘dod sharqida sodir etilgan terakt vaqtida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 47 kishi jarohat oldi. Bu haqda Shafaq News portali xabar berdi.

Foto: shafaq.com

Ma'lumotlarga ko‘ra, Iroq poytaxtining Madinat-Sadr tumanidagi bozorda portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Portlash katta talafotlarga olib kelgan, bir nechta do‘kon yonib ketgan.

Huquq-tartibot idoralari ushbu hodisani terakt deb tasniflagan va unda qo‘lbola bomba qo‘llanganini ta'kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, politsiya ushbu hujum ortida xudkush turgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy hujumni darhol tergov qilishni hamda Madinat-Sadrdagi politsiya bo‘linmalaridan birining boshlig‘ini hibsga olishni buyurgan.

Terakt uchun javobgarlikni hozircha birorta guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top