10:40 / 19.07.2021
3263
EPSILON (EDC): Shimoliy Beshkent-1 qudug‘ining kunlik hajmi 20 tn neft va 70 ming kubmetr gazni tashkil etdi

Joriy yil 19 iyul kuni Shimoliy Beshkent-1 qudug‘ida olib borilgan mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng undan uglevodorodlarning sanoat ko‘lamidagi oqimi olindi. Olinayotgan uglevodorodlarni mamlakat aholisiga yetkazib berish uchun 20 iyul kuni quduq gaz uzatish tarmog‘iga ulanadi.

Ishlar yakunlangach, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yon-atrofdagi tuproq reagentlardan foydalangan holda rekultivatsiya qilinadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top