10:19 / 19.07.2021
76596

O‘zbekistonda yana antirekord: Kunlik bemorlar soni 1100ga yaqin, kunlik o‘limlar soni oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda pandemiya davridagi navbatdagi antirekord haqida ma'lumot berdi. So‘nggi bir kunda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 600 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa qariyb 500 nafarga yetdi, shuningdek, 5 bemor vafot etdi.

«2021 yil 18 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119973 (+585) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 50 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 63 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 56 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 61 nafari Toshkent viloyatida,
  • 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 68 nafar,
  • Buxoro viloyatida 35 nafar,
  • Jizzax viloyatida 153 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 61 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 114865 (+562) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top