07:52 / 19.07.2021
9147
Parkent tumanida 8ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Kumushkon” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. "HOVO" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo‘qotgan va natijada:

  • haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
  • haydovchi F.R. boshqaruvidagi "Spark";
  • haydovchi A.R. boshqaruvidagi "Neksiya";
  • haydovchi B.T. boshqaruvidagi "Spark";
  • haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi "Lasetti";
  • haydovchi Z.M. boshqaruvidagi “Gazel”;
  • haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top