08:36 / 19.07.2021
10074

Toshkent - Tel-Aviv reyslari bekor qilindi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 19 iyul kuni Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan HY 301/302 reyslari bekor qilindi.

«Uzbekistan Airways» xabariga ko‘ra, ushbu reys O‘zbekiston Isroil fuqarolari uchun uchish mumkin bo‘lmagan hududlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab qoldirilgan.

Qayd etilishicha, bekor qilingan reyslar bo‘yicha ma'lumotlar qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi.

«Uzbekistan Airways» vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Joriy yil may oyi oxirlarida O‘zbekiston va Isroilda epidemiologik vaziyat hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent qatnovi qayta tiklangandi. Bu yo‘nalish bo‘yicha parvoz 2021 yil 24 may kuni amalga oshirildi. 

Top