19:59 / 20.07.2021
6268

Eronda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord yangilandi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 27444ta yangi holatlar qayd etilgan. Bir kun avval 25441ta holat aniqlangandi.

Foto: Anadolu Agency

Eronda pandemiya boshlanganidan buyon rekord darajada sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari qayd etildi. Oxirgi sutkada 27 mingdan ortiq yangi bemor aniqlandi, deb xabar berdi IRNA agentligi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 27444ta yangi holatlar qayd etilgan. Bir kun avval 25441ta holat aniqlangandi.

Bundan tashqari, sutka davomida 250 nafar bemor vafot etgan.

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 3,57 milliondan oshgan, 87,6 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ma'lumot berilishicha, 6,9 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan, 2,3 milliondan ortiq kishi to‘liq emlangan.

Mamlakat poytaxti Tehronda 20 iyundan bir hafta muddatga karantin rejimi joriy etildi. Bu davr mobaynida shahardagi barcha bozor, ishxona, teatr, sportzal va restoranlar ishlamaydi.

Mavzuga oid
Top