08:14 / 21.07.2021
5458
Davlat xaridlari tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi

 Prezidentning «Davlat xaridlari shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 5 iyuldan boshlab:

a) tegishli korporativ buyurtmachilari tomonidan:

  • davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e'lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda joylashtiriladi;
  • tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati 25 000 BHMdan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKga kiritiladi;
  • davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallari, shuningdek import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlari xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashi majlisida ko‘rib chiqiladi;

b) korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.

Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Moliya vazirligi komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari ro‘yxati;
  • Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom.

Yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish bo‘yicha idoraviy NHHlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali «E-ombor» tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.

Top