22:14 / 21.07.2021
12947

Rossiya Afg‘onistonga qo‘shin kiritishni rejalashtirmayapti - Lavrov 

Rossiya Afg‘onistonga “Tolibon” harakati pozitsiyalari kuchayayotgani ortida qo‘shin kiritishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi. U, shuningdek, Afg‘onistonga zarbalar berilishi mumkinligini istisno qildi. 

Foto: RIA Novosti

“Afg‘oniston hududiga zarba berish haqida umuman gap bormayapti va hech kim Afg‘onistonga bostirib kirish haqida o‘ylamayapti”, deb javob qilgan Lavrov “Rossiya Afg‘onistonda doimiy asosda harbiylarni joylashtirish yoki u yerdagi pozitsiyalarga zarbalar berishni istisno qiladimi?” degan savolga.    

“Siz bizni amerikaliklar bilan adashtiryapsiz”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lavrov Rossiya KXShT a'zolari, jumladan Afg‘oniston bilan chegaradosh Tojikiston va Qirg‘iziston oldida majburiyatlarini bajarishini ta'kidlab o‘tgan.

“KXShTning biror a'zosiga qarshi har qanday tajovuz holatida ushbu tajovuzni bostirishga qaratilgan choralarni belgilash bo‘yicha tezkorlik bilan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Lavrov.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top