00:19 / 22.07.2021
7735
Bayden va Zelenskiy uchrashuvi sanasi ma'lum qilindi
Foto: Reuters

AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy 30 avgustda Vashingtonda uchrashadi.

Oq uyning ma'lum qilishicha, uchrashuv davomida ikki yetakchi Rossiyaning Qrim va Donbassdagi “agressiyasi”ni, Ukrainaning energetik xavfsizligini, Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash va demokratik islohotlar loyihalarini muhokama qilishadi. “Ushbu tashrif AQSh Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashining isboti bo‘ladi”, deb aytilgan Oq uy xabarida.

Zelenskiy Baydendan Oq uyga tashrif buyurish haqidagi taklifni 7 iyundagi telefon suhbati davomida olgan. Biroq o‘shanda Ukraina prezidentining AQShga tashrifi aniq sanasi ma'lum qilinmagan.

Top