10:29 / 22.07.2021
21083
Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 700dan oshdi. Bu navbatdagi antirekord

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 700dan ortiq kishida koronavirus, 500ga yaqin kishida pnevmoniya aniqlangani va yana to‘rt bemor kasallikdan vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 (+719) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 81 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 81 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 13 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 492 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bu kunlik koronavirus va pnevmoniya holatlari (+1211) bo‘yicha navbatdagi antirekorddir. Bundan avvalgi antirekord 21 iyul kuni qayd etilgan, bir kunda 698 kishida (undan oldingisi 20 iyul kuni - 658 holat) COVID-19, 478 kishida pnevmoniya (jami +1176) tasdiqlangandi. 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
  • Andijon viloyatida 34 nafar,
  • Buxoro viloyatida 54 nafar,
  • Jizzax viloyatida 45 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
  • Namangan viloyatida 51 nafar,
  • Samarqand viloyatida 105 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 70 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 44 nafar,
  • Xorazm viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent viloyatida 54 nafar,
  • Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 116755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814  nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top