23:08 / 22.07.2021
5549

O‘nlab yirik kompaniyalar saytlari internetdagi uzilish sababli ishlamay qoldi

Foto: Pexels

Butun dunyo bo‘ylab o‘nlab kompaniyalar saytlari internetdagi global uzilish sababli ishlamay qoldi. Foydalanuvchilar yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida McDonald’s, Lloyds, Bank of Scotland, EA Spors, Microsoft, Google, Amazon, UPS, British Airways, Delta Air Lines, Airbnb, Expedia va boshqa kompaniyalar saytlariga kira olishmagan.

Bundan tashqari, ikkita eng yirik o‘yin tarmog‘i — PlayStation Network va Steam ishida ham uzilishlar kuzatilgan.

Nosozlikka DNS-xizmatlar ko‘rsatuvchi Akamai kompaniyasidagi texnik muammolar sabab bo‘lgan. DNS foydalanuvchilar kompyuterlariga saytlar bilan bog‘lanishga yordam beruvchi domen nomlari tizimi hisoblanadi. Saytlari ishlamay qolgan kompaniyalardan aksariyati Akamai mijozlari bo‘lgan.

Kompaniya nosozlik bartaraf etilganini ma'lum qilgan.

Top