10:15 / 22.07.2021
4104

Qarshida quvib o‘tish qoidalarini buzgan «Neksiya-3» haydovchisi sodir etgan YTHda bir kishi vafot etdi

Qarshi shahrida quvib o‘tish qoidalarini buzgan «Neksiya-3» haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 iyul kuni soat 22:00larda davlat ahmiyatiga ega bo‘lgan 4R-92 Qarshi-Jyeynoq-Pomuq avtomobil yo‘lining Qarshi shahri «Kamandi» MFY hududidan o‘tuvchi 1-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Neksiya-3» va «VAZ-2106» mashinalari o‘zaro to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda «VAZ-2106» mashinasi haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Unda yo‘lovchi sifatidan ketayotgan shaxs esa og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Dastlabki surishtiruv davomida aniqlanishicha, «Neksiya-3» haydovchisi mumkin bo‘lmagan joydan quvib o‘tishga uringan va ro‘paradan, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «VAZ-2106» bilan to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top