10:22 / 22.07.2021
11747

Surxondaryoda «Neksiya» haydovchisi uxlab qolib, YTH sodir etdi. Bir kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Boysun tumanida «Neksiya» haydovchisi uxlab qolib yo‘l-transporti hodisasi sodir etgan. Oqibatda bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 iyul kuni soat 16:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan o‘tgan 1337-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan sement tashuvchi maxsus yuk mashinasining orqa tomonidan borib urilgan. Oqibatda «Neksiya» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Neksiya» mashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotganda uxlab qolgan. So‘ng, boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘nalishidan chiqib ketgan va borib yuk mashinasiga urilgan.

Mavzuga oid
Top