19:06 / 23.07.2021
4825

Eronning ikki viloyatida suv tanqisligi sabab norozilik namoyishlari boshlandi

Suv tanqisligi qurg‘oqchilik oqibatida kelib chiqqan. Namoyishlar chog‘ida sakkiz kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Reuters

Eronning Luriston va Huziston viloyatlarida suv tanqisligi sababli noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Al Jazira» telekanali Amnesty International ma'lumotlariga asoslanib.

Suv tanqisligi qurg‘oqchilik oqibatida kelib chiqqan. Xabar qilinishicha, namoyishlar chog‘ida sakkiz kishi halok bo‘lgan.

«Amnesty  tasdiqlagan videolavhalar va voqea joyidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun avtomatik qurollar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan», — deyiladi xabarda.

Human Righs Watch ma'lumotiga qaraganda, 15 iyul kuni Huziston viloyatining o‘nlab shaharlarida suv tanqisligi sababli namoyishlar bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top