19:13 / 23.07.2021
7935

Mobiuz'ga egalik huquqi AKT vazirligiga o‘tdi

Prezident qaroriga muvofiq, Mobiuz ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga topshirilmoqda. Kompaniyaga 2018 yildan beri egalik qilib kelgan “Raqamli ishonch” jamg‘armasi tugatiladi.

Prezidentning “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tugatishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tugatiladi.

Shuningdek, “Mobile universal systems” MChJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ishtirokchi huquqi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga topshirilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu kompaniya 2014 yil 1 dekabrdan beri butun O‘zbekiston bo‘ylab uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi.

2018 yil 21 noyabrdagi prezident farmoniga muvofiq, kompaniyaga “Raqamli ishonch” jamg‘armasi egalik qilib kelgan. O‘sha paytda kompaniya UMS nomi bilan atalardi.

Mavzuga oid
Top