08:04 / 23.07.2021
5798

Toshkentda avtomobilni ishonchnoma asosida boshqargan haydovchi piyodani urib ketdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot berildi.

2021 yil 22 iyul kuni taxminan soat 00:30da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida, 1999 yilda tug‘ilgan X.L. ishonchnoma asosida “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 1956 yilda tug‘ilgan Sh.B.ni urib yuborgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top