19:08 / 23.07.2021
3323

Yevroittifoqda Moderna kompaniyasining 12 yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan vaksinasi ma'qullandi

Qayd etilishicha, vaksina 12-17 yoshli bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi antitanalar javobini hosil qilgan.

Foto: Getty Images

Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) Moderna kompaniyasining 12-17 yoshlilar uchun mo‘ljallangan vaksinasidan (nomi Spikevax deb o‘zgartirilgan) foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda agentlik saytida aytilmoqda.

Qayd etilishicha, vaksina 12-17 yoshli bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi antitanalar javobini hosil qilgan.

Bundan tashqari, vaksina olgan 2 163 nafar bolaning hech birida COVID-19 rivojlanmagan.

«Ushbu natijalar Spikevax 12-17 yoshli bolalar uchun ham birdek samarali degan xulosaga kelish imkonini beradi», — deyiladi agentlik xabarida.

Top