11:15 / 23.07.2021
9950

Yunusobod tumanida elektron reklama qurilmasi yonib ketdi

Bugun, 23 iyul kuni soat 09:29larda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, THAY ko‘chasi, Uch qahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘in yuzaga kelgan.

Toshkent shahar FVB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 09:33da voqea joyiga yetib borgan va soat 09:38da yong‘in o‘chirilgan. 

Ma'lum qilinishicha, yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Top