08:01 / 24.07.2021
7219
Bugun O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ushbu holat Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobigadir. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 39-44 daraja issiqni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 45-46 daraja issiqqacha bo‘ladi. 

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 40-42 daraja issiqni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top