17:52 / 24.07.2021
3788

Ozarboyjon xorijliklar uchun kovid-pasport rejimini joriy etdi

Avvalroq Ozarboyjon hukumati amaldagi maxsus karantin rejimi muddatini 1 sentyabrgacha uzaytirgandi.

Foto: RIA Novosti

Xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Ozarboyjonga kirayotganida koronavirusga qarshi to‘liq emlangani to‘g‘risidagi pasportni ko‘rsatishlari shart, deb xabar bermoqda  Gazeta.ru.

Xabarda aytilishicha, hukumat Ozarboyjonga havo transporti orqali kirish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritgan.

Avvalroq Ozarboyjon hukumati amaldagi maxsus karantin rejimi muddatini uzaytirgandi.

Mamlakat bosh vaziri Ali Asadov imzolagan farmonga muvofiq, Ozarboyjonda maxsus karantin rejimi 1 sentyabrgacha uzaytirildi.

Top