10:42 / 24.07.2021
2897
Qo‘qon shahrida “jihodchilar” oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi

Qo‘qon shahrida 9 kishidan iborat “jihodchilar” oqimi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati habar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, duradgorlik bilan shug‘ullanuvchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam Turkiyaning Istambul shahrida ishlagan vaqtida “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti emissarlari ta'siriga tushadi va keyinchalik yashash manziliga qaytib kelgach, mazkur tashkilot g‘oyalarini atrofdagilarga targ‘ib qila boshlaydi. Natijada 9 kishidan iborat guruh shakllanadi.

18-27 yosh oralig‘ida bo‘lgan guruh a'zolari orasida reklama agentligida va poyabzal ishlab chiqarish sexida ishlovchi, shuningdek, uy sharoitida bolalar kiyimlari ishlab chiqarish va sartaroshlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bor.

Guruh a'zolarining mobil telefon apparatlarida respublika qonunchiligida ta'qiqlangan audio-video ko‘rinishidagi diniy materiallar borligi aniqlangan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top