07:57 / 24.07.2021
5941

Xitoy-o‘zbek vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi taklifiga ko‘ra, 23 iyul kuni Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, delegatsiya hozirda respublikada qo‘llanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarayotgan mazkur kompaniyaning bosh muhandisi Vang Zijun, Eksport bo‘limi boshlig‘i Chen Fangvu hamda Chu Yingjin va Li Jifyao kabi mutaxassislardan iborat.

Delegatsiya poytaxtga O‘zbek-Xitoy vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida tashrif buyurdi. Mutaxassislar vaksina ishlab chiqarish uchun infratuzilmaviy imkoniyatlarini baholaydi.

Ma'lum qilinishicha, Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining vaksina sinovlarida ishtiroki, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi natijasida O‘zbekiston vaksina hammuallifi sifatida e'tirof etilgan.

Top