20:48 / 24.07.2021
3276

Xitoyda omborda yuz bergan yong‘inda 14 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlardan tashqari, yana 12 kishi jabrlangan bo‘lib, ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Foto: Xinhua

Xitoyning Chanchun shahridagi logistika omborida yuz bergan yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in yuqori texnologiyalar sanoat zonasi hududidagi omborda kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlardan tashqari, yana 12 kishi jabrlangan bo‘lib, ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.

Top