09:23 / 25.07.2021
973

Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 55 million so‘m aliment to‘lab berdi

Samarqand shahrida yashovchi qarzdor ota uch nafar farzandining voyaga yetguncha bo‘lgan muddatini hisoblab ular uchun 55 million so‘m aliment to‘lab bergan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2015 yil 25 maydagi qarori bilan fuqaro B.M.dan undiruvchi N.I.ga uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Qaror bo‘yicha MIB Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. 

Daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari tomonidan qarzdor B.M. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan. Unga farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan. 

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandlari ta'minotini o‘ylab, ular voyaga yetadigan muddat, 2033 yilgacha hisoblab, aliment uchun 55 million so‘m pulni to‘lab bergan.

Top