08:40 / 25.07.2021
6131

Tokio-2020. Dzyudo. Sardor Nurillayev va Diyora Keldiyorova 1-bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrashdi

Foto: MOQ

Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turida ham bellashuvlar davom etmoqda. 

-66 kg vaznda o‘zbekistonlik Sardor Nurillayev moldovalik Denis Veruga qarshi tatamiga chiqib, burnidan olgan jarohati sabab bahsni oxirigacha davom ettira olmadi va turnirni tark etdi.

-52 kg vaznda esa Diyora Keldiyorova mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. 

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg) ham dastlabki bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchragandi.

Mavzuga oid
Top