22:42 / 26.07.2021
7836

Makronga Fransuz Polineziyasiga safari davomida yangi ism berildi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransuz Polineziyasidagi Xiva-Oa oroliga tashrifi vaqtida yangi ism oldi. Ism berish marosimi mahalliy urf-odatlardan biri hisoblanadi.

Foto: Olivier Hoslet/Pool via Reuters

Marosim Atuon shahri stadionida barglardan tashkil topgan mahalliy kiyimda bo‘lgan 600 raqqos va musiqachi ishtirokida o‘tgan.

Marosim davomida Xiva-Oa kommunasi meri Joel Frebo Makronga Te Aka Iki Taaoa degan yangi ism bergan. Ta'kidlanishicha, ushbu ism “olg‘a boruvchi va uzoqlarga yetuvchi buyuk sardor” degan ma'noni anglatadi.

O‘z navbatida Makron nutqini arxipelagga kiruvchi har bir orolda tarqalgan tildagi bir necha so‘zdan iborat tabrik bilan boshlagan.

Top