15:42 / 26.07.2021
3361

Pokistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarning ichki reyslarda parvoz qilishi taqiqlandi

Mamlakat ichida faqat emlanganlar, xorij fuqarolari va vaksina olishi mumkin emasligi to‘g‘risida rasmiy hujjatga ega bo‘lganlargina parvoz qila olishi mumkin.

Foto: Getty Images

Pokiston milliy qo‘mondonlik-operativ markazi (MQOM) koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning mahalliy aviaparvozlarga qo‘yilishini taqiqladi.

Markazning Twitter akkauntida xabar qilinishicha, 1 avgustdan boshlab 18 yoshdan oshgan barcha emlanmagan fuqarolar ichki aviaparvozlarga qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq mamlakatdan chiqib ketish yoki kirib kelishga nisbatan joriy qilinmaydi.

Mamlakat ichida faqat emlanganlar, xorij fuqarolari va vaksina olishi mumkin emasligi to‘g‘risida rasmiy hujjatga ega bo‘lganlargina parvoz qila olishi mumkin.

Mahalliy OAVning yozishicha, Pokistonda koronavirusning delta, beta va alfa shtammlarini yuqtirish bilan bog‘liq holatlar qayd etilmoqda.

Top