19:50 / 26.07.2021
1096
Qoraqalpog‘istonda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qoraqalpog‘istonda fuqaroni 23 000 AQSh dollari bilan Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro R. A. boshqa bir fuqaro O‘.ni 23 000 AQSh dollari evaziga Qoraqalpoq davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga yoki 4 000 AQSh dollari evaziga jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirgan.

U oldindan 10 000 AQSh dollari va 40 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusdagi “Progress” maktabi va tez tibbiy yordam markaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlangandi.

Top