08:49 / 27.07.2021
4132

Bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ma'muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

2021 yil 1 avgustdan boshlab:

  • tadbirkorlik sub'yektiga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to‘lovlari to‘lamagan holda qayta ishlagandan so‘ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo‘yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritiladi;
  • mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi;
  • olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda nazorat qilish tartibi joriy etiladi.

Olib kirish kontrakti bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati ushbu kontraktlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Shuningdek belgilanishicha, olib chiqish kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar «reeksport» bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi lozim.

Qaror bilan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, tashqi savdo kontrakti va invoyslarda to‘lov amalga oshiriladigan valuta tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan (ilgari xorijiy valutada) belgilanadi.

Tashqi savdo operatsiyalarini ifodalaydigan ikki raqamdan iborat kontraktlar klassifikatsiyasi kiritildi:

  • 16 – import kontrakti;
  • 17 – eksport kontrakti;
  • 18 – sotib olish kontrakti;
  • 19 – sotish kontrakti.
Mavzuga oid
Top